17 okt 09:38
Yangiliklar

SHohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi o'zgardi, raqib esa amerikalik!
Avval xabar berganimizdek, bokschimiz 8 noyabr kuni Greciyadagi boks oqshomida ringga ko'tarilishi lozim edi. Lekin kecha biz bilan bog'langan SHohjahon bo'lajak jangi 13 dekabrga ko'chirilgani, lekin manzil o'zgarmaganini malum qildi.
“Ha, menejerim avvalroq jang 8 noyabr kuni Greciyadagi boks kechasida o'tkazilishini aytgan edi. Lekin bugun bu rejaga kichik o'zgartirish kiritildi. Yani, faqat sana kechroq muddatga surildi, jang manzili esa o'zgarishsiz qoldi. Bu malumotni birinchi bo'lib sizga aytyapman. Nasib qilsa, 13 dekabr kuni ringga chiqaman. Bilganim raqibim amerikalik bokschi bo'ladi”, - dedi Ergashev olamsport.com muxbiriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev so'nggi jangini (17-jangi) AQSHning Oklaxoma shtati Broken-Arrou shahrida meksikalik Abdiel Ramiresga qarshi o'tkazib, o'n raundga mo'ljallangan jangning to'rtinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratgandi.
Fikrlar