08 iyu 21:26
Yangiliklar

SHohjahon Ergashevning raqibi jangga bir kun qolganda o'zgardi FOTOGALEREYA
Hamyurtimiz Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida prof boksdagi 17-jangida ringga ko'tariladi. Jangga bir kun qolgan bir paytda charm qo'lqop ustamizning raqibi o'zgardi. SHohjahon ertaga rossiyalik Maksim CHurbanovga qarshi ringga chiqadi.
Aslida Ergashev Puerto-Riko vakili Danielito Zorrillaga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Zorrilla prof boksda 11 ta jang o'tkazib, ularning bakrchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut) edi. U o'tmishning mashhur bokschisi Migel Kottoga qarashli promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanardi.
SHohjahonning yangi raqibi 32 yoshli Maksim CHurbanov rossiyalik bokschi bo'lib, faoliyati davomida jami 13 ta jang o'tkazgan. Hisobida 8 g'alaba, 4 mag'lubiyat va bir durang bor. Bir marotaba nokautga uchragan.
Fikrlar