27 iyu 13:32
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi: uning raqibi ham nokautchi bokschi hisoblanadi
SHohjahon Ergashev 4 avgust kuni amerikalik Abel Ramosga qarshi jang qilishi haqida xabar bergandik.
Malum bo'lishicha, SHohjahonning AQSHdagi ilk raqibi o'zgargan. Sportchimiz navbatdagi jangini meksikalik Xorxe Rodrigesga qarshi o'tkazadi. Qo'shimcha sifatida shuni ham aytib o'tishimiz lozimki, meksikalik bokschi ham SHohjahon kabi 10 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratishga muvaffaq bo'lgan.
Sportchimiz jangga tayyorgarlikni O'zbekistonda olib bordi. Yaqin vaqt ichida u Moskvaga jo'nab ketadi. U erdan esa AQSHga uchadi.
Takidlab o'tish lozimki, o'sha boks oqshomida jang qiladigan bokschilarning barchasi raqiblari ustidan nokaut evaziga g'alaba qozongan bokschilar bo'lar ekan. Demak, bokschimizning oldinda juda qiyin jang kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar