So’nggi yangiliklar

16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0 13:50Спорт вазири Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини намунали ташкил этишга доир тақдимот билан танишди 0 13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0

09 sen 06:31
Yangiliklar

Futbol

SHomurodov Evropa Ligasi final raundida gol urgan nechanchi o'zbekistonlik?

Evropa Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichidan o'rin olgan dastlabki tur uchrashuvi “Ludogorec” hamda “Roma” o'rtasida bo'lib o'tdi.

O'yinda mezbonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Rimliklar safida Eldor SHomurodov 2-taym o'rtalariga yaqin Andrea Belottining o'rniga maydonga chiqdi va jamoa sardori Lorenco Pellegrinining uzatmasidan keyin raqib darvozasini boshi bilan chiroyli tarzda ishg'ol etdi.

SHu vaqtgacha o'zbekistonlik futbolchilar (mahalliylashtirilganlari bilan birga) orasida Mirjalol Qosimov (1 ta), Vladimir SHishelov (1 ta), Odil Ahmedov (2 ta) va Vladimir Maminov (1 ta) Evropa Ligasi (eski nomi UEFA Kubogi) final raundida to'p kiritishga erishgandi.

Qayd etish joizki, SHomurodov musobaqaning saralash bosqichida ham gol urgan. Bu 2020 yil “Rostov” safida “Makkabi Xayfa”ga (1:2) qarshi bahsda yuz bergandi. SHuningdek, kvalifikaciya raundida o'zbekistonliklardan Jafar Irismetov (1 ta), Ulug'bek Baqoev (1 ta), Aleksandr Geynrix (3 ta), Marat Bikmaev (3 ta), Odil Ahmedov (1 ta), Sanjar Tursunov (1 ta), Timur Kapadze (3 ta), Kamoliddin Murzoev (1 ta) ham o'z nomini yozdirib qo'yishgan.

Rimliklar guruh bosqichidan o'rin olgan 2-tur uchrashuvini 16 sentyabr (23:59)da o'z maydonida XIKga qarshi o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing