So’nggi yangiliklar

14:16Бугун тўрт нафар ҳамюртимиз "Ҳумо арена"да ўтказиладиган ACA 203'да жанг қилади 0 13:45Эрон миллий терма жамоанинг ЖЧ-2026'даги хавфсизлигини ФИФА билан муҳокама қилмоқчи 0 13:15Дана Уайт Чимаев ва Стрикленд можаросини Хабиб - Конор қарама-қаршилигига қиёслади 0 12:41Сербия Ташқи ишлар вазири "Олимпия шаҳарчаси"да бокс бўйича Осиё чемпионатини томоша қилди (ФОТО) 0 12:12Чимаев Шон Стриклендга қарши жангда фаолиятидаги энг катта гонорарни олади 0 11:39Кейн ЕЧЛда Роналдунинг рекордини такрорлади 0 11:17Жошуанинг спарринг шериги Аргон Смакичи — Баҳодир Жалолов билан жанг ҳақида гапирди 0 10:40Зоминда ўзбек жанг санъати бўйича мамлакат чемпионати ўтказилди 0 10:12Хотамбек Бойназаров Стрикленд билан жанг олдидан Хамзат Чимаевга ёрдам бериши мумкин эди, аммо... 0 09:39"Реал" Вальверде ва Тчуамени ўртасидаги жанжал бўйича баёнот берди 0 09:18Топурия Иан Гаррининг Махачевга қарши имкониятларини баҳолади 0 08:39Мария Тимофеева Истанбулда чорак финалга йўл олди 0 08:13Дональд Трамп Хабиб Нурмагомедовни мақтади 0 07:30ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 20:14Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0

10 iyu 14:01
Yangiliklar

Boks/MMA

SHon O’Melli Nurmagomedov - Sendxagen jangining o'tkazilishiga ishonmayapti

Eng engil vaznda UFC chempioni SHon O’Melli davogarlar o'rtasidagi jangning o'tkazilishiga ishonmasligini aytdi.

Xabaringiz bor, 3 avgust kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC on ABC 7 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangi davogarlik maqomida bo'lib, unda amerikalik Kori Sendxagen rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqadi. 

"Umarning janglardan qochish odati borligi hech kimga sir emas. U oz muddat qolganida janglarni bekor qilishni yaxshi ko'radi. Agar shu jang belgilangan muddatida o'tkazilsa, men bundan hayratda qolaman", - dedi chempion SHon. 

Aslida bu jang o'tgan yilning avgust oyida AQSHning Neshvill shahrida o'tkazilgan UFC on ESPN 50 turnirining markaziy bahsi maqomida o'tishi kerak edi. Lekin o'shanda Nurmagomedov mashg'ulotda jarohat orttirib olgani uchun jang bekor qoldirilgandi. Umarning o'rnini egallagan Rob Fontni esa Sendxagen hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. 

Bundan uch oy oldin Umar Nurmagomedov bir yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytib, UFC promousheni debyutanti, qozog'istonlik Bekzat Almaxanni ochkolar bo'yicha engishga muvaffaq bo'lgandi. SHon O’Melli esa keyingi chempionlik himoya jangini reytingda birinchi o'rinni egallab turgan gruziyalik Merab Dvalishviliga qarshi o'tkazadi. Ushbu jangning 14 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 306 turniri doirasida o'tkazilishi rejalashtirilyapti. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing