13 iyu 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon-shuhrat muzeyiga yana uch nafar chempion qabul qilindi
AQSHning Nyu-York shtati Kanastot shahrida Xalqaro boks shon-shuhrati Zali (IBHOF)ga yangi azolarni kiritish marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir har yili o'tkazilib, butun dunyoda boks rivojiga ulkan xissa qo'shgan mashhur bokschi va murabbiylar kiritiladi. Bu safargi marosimda ana shunday boks afsonalaridan uch nafari Zalga qabul qilindi.
Aniqrog'i, superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik 54 yoshli Evander Xolifild, meksikalik sobiq chempionlar – 43 yoshli Marko Antonio Barrera hamda marhum Jonni Tapia Xalqaro boks shon-shuhrati Zaliga kiritildi.
Bundan tashqari, Zalga mashhur ring-anonseri Jimmi Lennon hamda avstraliyalik murabbiy Jonni Lyuis ham qabul qilindi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar