13 dek 15:26
Yangiliklar
Futbol
SHota Arveladze "Fatih Karagumruk"da ish boshladi
"Paxtakor" klubidagi faoliyati orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan SHota Arveladze Turkiyaning "Fatih Karagumruk" klubi bosh murabbiyi bo'ldi.
Kuni kecha klubning instagramdagi sahifasida SHota Arveladze bilan kelishuvga erishilgani haqida post chiqdi. Kecha gruziyalik mutaxassis yangi jamoasi bilan ilk mashg'ulotni ham o'tkazishga ulgurdi. Biroq negadir "Fatih Karagumruk" SHota Arveladzeni rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirgani yo'q.
Ushbu klubda O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Otabek SHukurov ham faoliyat olib borishidan xabaringiz bor.
Havola :
Fikrlar