09 jan 12:46
Yangiliklar
Futbol
SHota Arveladzening jiyani Superliga jamoasida ko'rikdan o'tmoqda
Gruziyalik hujumkor yarim himoyachi Vato Arveladze faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin.
27 yoshli futbolchi yangi mavsumni OKMKda boshlashi mumkin. Ayni vaqtda futbolchi olmaliqliklar safida ko'rikdan o'tmoqda. Agar futbolchining harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, yangi mavsumda Vato faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.
Malumot uchun, futbolchi Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon chempionatlarida to'p surgan. SHuningdek, Vato Gruziya termasida 2 ta bahsda ham maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Vato Arveladze "Paxtakor" sobiq ustozi va Gruziya futboli afsonalaridan biri SHota Arveladzening jiyani hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar