12 iyu 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

SHunchaki dahshat! Fyuri va Joshuaning ikki jang uchun taxminiy gonorarlari malum
Britaniyalik jahon chempionlari - Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasida ikkita chempionlik jangining o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
WBC yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren bokschilarning ikkita jang uchun qancha gonorar ishlab olishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Bokschilarning har biri birinchi jang uchun taxminan 60-70 mln dollardan ishlab olishlari mumkin. 2021 yili o'tkaziladigan revansh jangidagi gonorar esa ikki barobar ko'p bo'ladi. Lekin hali bu og'zaki gaplar, hammasi shartnomada aks etadi", — deya Uorrenning so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Entoni Joshua ayni paytda WBA, IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar