08 okt 12:24
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Sinxron suzish bo'yicha Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o'rinda yakunladik
Suv sporti turlari bo'yicha Osiyo chempionatining sinxron suzish bo'yicha bellashuvlari yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida O'zbekiston terma jamoasi azolari bittadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin medalni 209,9784 ball to'plab, erkin duetda yorqin chiqish namoyish etgan Sabina Mahmudova va Xadicha Azamovalar qo'lga kiritdi.
Akrobatika dasturida chiqish qilgan jamoamiz hakamlar tomonidan jami 141,1051 ball to'plab, termamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.
SHu tariqa, terma jamoamiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan sinxron suzish bo'yicha Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida uchinchi o'rinda yakunladi.
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar