02 mar 15:05
Yangiliklar
Tennis
Skandinaviya derbisida zafar quchgan Ruud bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Meksikaning Akapulko shahrida o'tkazilayotgan ATP turnirida final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning 11-raketkasi bo'lib turgan Kasper Ruud Skandinaviya derbisida reytingda o'zidan to'rt pog'ona yuqorida borayotgan daniyalik Xolger Runeni 3/6, 6/3, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Ruud tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 6:1.
Uchrashuv statistikasi:
Ruud - 5 ta eys, 1 ta qo'shxato, 4 ta breyk
Rune - 10 ta eys, 3 ta qo'shxato, 3 ta breyk
Endi norvegiyalik tennischi Akapulko turniri bosh sovrini uchun avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar