So’nggi yangiliklar

08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0

24 jan 12:48
Yangiliklar

Futbol

Skoulz "Manchester Yunayted" himoyachisidan uzr so'rashdan bosh tortdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoa himoyachisi Lisandro Martinesdan uzr so'rashdan bosh tortdi.

Avvalroq u argentinalik futbolchining past bo'yi sababli himoyadagi o'yinini tanqid qilgan edi.

"Ortga nazar tashlasak, aytgan gaplarimiz unchalik to'g'ri bo'lmaganini aytish mumkin. Lekin men uzr so'ramoqchi emasman. Men Martines bilan Xoland o'rtasidagi jismoniy nomutanosiblikka etibor qaratmoqchi edim. Balki bu qanday ifoda etilgani unchalik yaxshi ko'rinmagandir. Ammo bo'lgan ish bo'ldi. U bitta yaxshi o'yin o'tkazdi. Umid qilaman, u meni nohaq ekanimni isbotlaydi. Men jamoaning har hafta g'alaba qozonishini istayman. Hozir har qachongidan ham ko'proq odamlar o'z fikrini bildiryapti va bunga chidashingizga to'g'ri keladi. Siz dunyodagi eng yirik klublardan biri safida o'ynaysiz va, ayniqsa ishlar kutilgandek ketmayotgan paytda, muayyan tanqidlarga duch kelasiz", — deydi Skoulz.

Avvalroq Skoulz argentinalik himoyachining bo'yini (175 sm) masxara qilgani va APLning 22-turi doirasidagi o'yinda "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland uni havodagi kurashda osonlikcha mag'lub etishini takidlagani haqida xabar berilgan edi. O'sha uchrashuv "Manchester Yunayted"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing