02 iyu 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni muddatidan avval g'alabaga erishdi
AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi tashkil qilindi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning birida birinchi yarim o'rta vaznda sobiq jahon chempioni 35 yoshli Kris Algieri muddatidan avval chiroyli g'alabaga erishdi. U britaniyalik 29 yoshli Tommi Koylni mag'lubiyatga uchratdi.
Koyl sakkizinchi raundda kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi. Vaziyatga to'g'ri baho bergan Tommining murabbiylari uni to'qqizinchi raundda ringga chiqishiga yo'l qo'yishmadi. Endi Algieri WBO kamari uchun Moris Xukerga qarshi jang o'tkazishi mumkin.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar