02 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15124_220.jpg)
Sobiq jahon chempioni Rokkoni nokautga uchratdi
Xabar berganimizdek, Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri birinchi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik 37 yoshli sobiq jahon chempioni Eduard Troyanovskiy italiyalik Mikele Di Rokkoga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Birinchi raundda nokdaun holatiga tushib qolgan Rokko to'rtinchi uch daqiqalikda nokautga uchradi. Troyanovskiy o'z vatandoshlari ko'z o'ngida g'alabaga erishdi.
Havola :
Fikrlar