24 sen 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon va Olimpiada chempioni qo'lqoplarini mixga ildi
Professional boksda sobiq jahon chempioni, 2008 yilgi olimpiya o'yinlari g'olibi rossiyalik Raxim CHaxkiev faoliyatini yakunladi.
CHaxkiev o'z vaqtida professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida IBO chempioni bo'lgan edi. 2008 yili Pekinda bo'lib o'tgan yozgi olimpiya o'yinlarida ham oltin medalga sazovor bo'lgandi.
“Hayotimning 20 yilini boksga bag'ishladim. O'n ikki yil mobaynida havaskor boksda janglar o'tkazdim. Har bir sportchining oliy orzusi bo'lgan Olimpiada chempioni bo'ldim. Professional boksda jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritdim. O'z vaqtida ketishni ham bilish kerak”, - dedi 34 yoshli CHaxkiev.
Havola :
Fikrlar