13 noy 14:18
Yangiliklar
Sobolenko bir mavsum uchun mukofot pullari bo'yicha Uilyamsning rekordini yangiladi
Belaruslik tennis malikasi o'tgan hafta Ar-Riyodda o'tkazilgan Yakuniy WTA turniri finalida qozog'istonlik Elena Ribakinaga yutqazib (3/6, 6/7(0) qo'ygan bo'lsa-da, bir mavsum uchun rekord darajada mukofot puliga ega chiqdi.
Arina Sobolenko 2025 yilgi tennis mavsumida 15 008 519 dollar ishlab topdi. Bu bilan u Serena Uilyamsga tegishli rekordni yangiladi. Serena 2013 yilgi mavsumda $ 12 385 572 mukofot puli ishlagan edi. O'sha yili Uilyams "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" va US Open, shuningdek, Yakuniy WTA turnirida chempion bo'lgandi.
Malumot uchun, yakuniga etib borayotgan 2025 yilda Arina Sobolenko US Open, Madrid va Mayamidagi WTA 1000 hamda Brisben WTA 500 turnirlarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. U yakkalik bahslarida o'tkazgan 75 ta uchrashuvdan 63 tasida g'alaba qozondi.

Fikrlar