14 avg 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Sonders Kanelo va Golovkin sabab Matchroom Boxing bilan shartnoma imzoladi
Kecha London shahrida Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn ikki vaznda jahon chempioni Billi Jo Sonders bilan shartnoma imzoladi.
SHu munosabat bilan maxsus matbuot anjumani tashkil etildi. Sonders sobiq promouteri Frenk Uorren bilan hamkorlikni to'xtatib, Xirn bilan kelishuvga erishdi.
Britaniyalik jahon chempioni bu qarorini DAZN platformasi bilan hamkorlikka ega bo'lish hamda Gennadiy Golovkin va Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi janglarda ringga chiqish istagida ekanligi bilan izohladi.
Reja bo'yicha Sondersning yangi promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ilk jangi oktyabr yoki noyabr oyida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar