20 avg 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Sonders Tayson Fyurining qaytishini oshkor qildi
Mojarolar markazida bo'lish orqali ko'proq tanilgan britaniyalik bokschi, sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) yana ringga qaytadi.
Fyuri hozir unga bekor qilingan licenziyasini qaytarib berishlarini kutyapti. Tayson bu qaytishini oktyabr oyida rasman elon qiladi. Aynan oktyabrda uning bokschilik licenziyasi qaytariladi.
Bu malumotni bokschining yaqin do'sti yana bir taniqli charm qo'lqop ustasi Billi Jo Sonders ham tasdiqladi.
“Tayson qaytadi. Bunga yuz foiz kafolat beraman. Buning uchun u birinchi galda bokschilik licenziyasini qaytarib olishi kerak. Bu muammo oktyabr oyida hal bo'ladi”, - dedi Sonders.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar