So’nggi yangiliklar

21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:30Собиқ чемпион нега Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисоблашини тушунтирди 0 16:52UFC рейтинги янгиланди: Нокаутчи енгил вазн тоифасида Топ-5`га яқинлашди 0 16:13Трамп ФИФА атрофидаги можаро фонида Инфантинонинг ёнини олди 0 15:37Grand Chess Tour: Синдаров 475 000 долларлик турнирдаги юришини бошлади 0 15:01Головкиннинг World Boxing ташкилотига 6 та янги федерация қўшилди + ФОТО 0 14:35Моралес Махачев - Гэрри жангини суғурталаш учун 9 кг вазн ташлаши керак 0 13:58Дунёнинг учинчи энг бой инсони “Ливерпуль” эгаларидан бирига айланади 0 13:31Топурия жамоаси Гэтжидан зудлик билан реванш олишни талаб қилмоқда 0 12:58Усман Нурмагомедовнинг менежери Макс Холлоуэйдан узр сўради 0 12:33Даниэль Кормье нима учун Жонсни мағлуб эта олмаганини айтиб берди 0 11:59"Реал"нинг янги футболчилари 2026/27 йилги мавсумда қайси рақамлар ўйнашлари маълум 0

18 avg 17:51
Yangiliklar

Futbol

Soyadagi qahramon Saliba, omadi chopmagan "qizil iblislar" - "Arsenal" qiyin o'yinda "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi

Hamma ham hakamlarning qarorini tushunmadi.

"Arsenal"dagilar o'yinga to'liq tayyor emasliklarini to'g'ri tushunishgandi

Arteta shogirdlari jismoniy jihatdan "Manchester Yunayted" bilan raqobatlashishi qiyinligini tushungandi. Mikelning yordamchilari raqibning mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi o'yinlarini sinchkovlik bilan kuzatishgan va ularning holati haqida etarlicha malumotga ega bo'lishgan. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylarning taktikasi har xil bo'ladi va yuklamalarni ham ular turlicha taqsimlashadi. Har ikki jamoa Klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etmadi, lekin raqibdan farqli o'laroq MYU ancha tetik ko'rindi. Amorim jamoasi ko'p hujumlar uyushtirdi, mehmonlar esa bu hujumlarga qarshi turdi.

"Arsenal" APL doirasida MYUga qarshi oxirgi 11 o'yindan bor yo'g'i 2 tasida imkoniyatni boy bergan, shunday ekan mazkur bahsdan avval bosim darajasi tushunarli edi. Jamoalarning "Old Trafford"dagi avvalgi to'qnashuvida "kanonirlar" to'p bilan ko'proq muomalada bo'lib, zarbalar bo'yicha ham ustunlik qilgandi — 17:10. SHunga qaramay, Amorim o'shanda Artetaga imkoniyatni boy bermagandi — 1:1. Kuni-kecha esa Mikel natija yo'lida futbolni qurbon qildi.

MYU sxemasini o'zgartirmadi – Amorimning barchamizga tanish bo'lib ulgurgan sxemasi — uch himoyachidan boshlanadigan xuddi yangi yil archasidek joylashuv. Ammo tarkibdagi ijrochilar o'zgargan. "Arsenal"ga qarshi avvalgi bahsdan 5 nafar futbolchi tarkibda edi, etiborlisi barcha chiziqlarda yangi nomlar bor edi, jumladan, darvozada ham – Onana ham o'ynamadi. Andre ham standart vaziyatda texnik xatoga yo'l qo'yishi mumkin edi, lekin bu safar turkiyalik kiper Altay Bayindir bosh rollarda edi. MYU ishqibozlari gol urilgan burchak zarbasi vaziyatida Saliba o'yin qoidasini buzganini ishonch bilan takidlashmoqda.

Franciyalik uddaburon yigit Mauntning futbolkasidan ushlashdan tashqari, Bayindirning qo'llarini ham navbati bilan "qulflash"ga urindi va to'p darvoza to'riga ketayotganida qo'yib yubordi. Golkiper o'ziga kelib, to'pni qaytarishni uddalolmadi, Kalafori urgan tezkor gol esa uchrashuvda yagona bo'lib qoldi. Uyog'iga "Arsenal" posboni Rayya ettita zarbani qaytardi, ulardan ikkitasi ayniqsa xavfli ko'rinish olgandi. MYU yangi futbolchilari Mbeumo va Kunyaga katta ishonch bildirgandi, ular o'zini yaxshi ko'rsata oldi, ammo hisobni tenglashtirishga bu etarli bo'lmadi. Artetaning "avtobusi" hozirgi holatida "Arsenal" ochiq o'yin bilan manchesterliklardan ochko ololmasligini yaqqol ko'rsatib berdi.


SHunday o'ynab tursa, "Manchester Yunayted" o'rtamiyona jamoa bo'lib qolmaydi

To'pni nazoratda ushlab turib, raqibdan ko'proq hujum uyushtirib, o'tgan mavsumning eng kuchli himoyasiga qarshi o'yinda 20dan ortiq zarba berib, imkoniyatni boy berish alamli, albatta. "Arsenal" "Manchester Yunayted"ning ettita aniq zarbasiga uch bor javob berdi. "Kanonirlar" ikki barobar ko'proq qoida buzishdi va uzatmalardagi farq ham katta bo'ldi. "Qizil iblislar"ga balki futbolchilarning hali o'zaro til topishib ulgurmagani pand bergandir: mezbonlar oldingi chiziqda ko'p vaziyatlarda to'pni yo'qotishdi. Lekin jamoa ishqibozlarini xursand qiladigan narsalar ham yo'q emas.


Birinchidan, MYU himoyada qo'pol xatolarga deyarli yo'l qo'ymadi. Gyokeresh bir soat vaqt davomida raqib jarima maydonchasida bor yo'g'i ikki bor to'pga teginibdi, lekin uning ikkala uzatmasi ham manziliga etib bormadi. SHveciyalik iqtidor na raqib darvozasiga zarbalari bilan xavf soldi, na sheriklariga qulay vaziyat yaratishda ishtirok eta oldi. MYU himoya uchligi yulduzga aylanib ulgurgan shveciyalik hujumchining jamoa bilan aloqasini uzib qo'ya oldi. Ikkinchidan, "Manchester Yunayted" o'zining hujumdagi yangi quroli SHeshkosiz o'ynadi.

Maunt yomon o'yin o'tkazmadi, lekin uning foydali harakatlari aldamchi to'qqizlik sifatida emasligi aniq. Sloveniyalik forvard to'liq tayyor bo'lib, hujum triosidagi tezkor Mbeumo va texnik jihatdan kuchli Kunya bilan o'zaro til topishib olsa, nisbatan kuchsizroq raqiblar himoyasini ancha qiyin vaziyatda qoldiradi. Agarda avvalgiga qaraganda ko'proq to'psiz ter to'kishi talab qilinadigan Fernandesh va Kazemiro pand bermasa, Amorim avgustning keyingi ikkita bahsida "Fulxem" va "Bernli"ni mag'lub eta oladi.

"Manchester Yunayted"ni muddatidan avval maqtab, ularga yuqori baho berib yuborish yaxshi oqibatga olib kelmasligini oxirgi yillar bir necha bor ko'rsatib bergan. Biroq yangi mavsumning ilk uchrashuvi bo'yicha uni keskin tanqid qilishga sabab yo'q. "Arsenal"ga minimal hisobda imkoniyat boy berilishi fojia emas. MYU futbolchilari avvalgi mavsumlardagidek ketma-ket o'z darvozalari yaqinida qo'pol xatolarga yo'l qo'yishmadi, ular nafaqat Gyokeresh, balki Arteta vingerlarini ham umumiy olganda zararsizlantira olishdi. MYU bu safar Rayya darvozasiga yo'l topa olmadi va Saliba Kunyaga halaqit qildi, lekin uning oyog'iga zarba bermadi va hakam nuqtani ko'rsatishni istamadi.

Arteta jamoasi APLda "burchak zarbalari qiroli" bo'lib qolmoqda

O'z darvozasi oldidagi standart vaziyatlarda bazan xatoga yo'l qo'yib tursa ham, londonliklar hujum uyushtirilayotgan pallada standart amalga oshirishi – gol urish uchun ajoyib imkoniyat. Bu safar ham shunday bo'ldi. Kalaforining to'pidan tashqari, o'yindan "Arsenal" raqib darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyat yaratishda jiddiy muammolarga duch keldi. SHu o'rinda, Amorim va uning shtabidagilarga "Arsenal" burchak zarbalarini o'rganib chiqib, unga qarshi qanday o'ynash kerakligini o'rganganlarga savol tug'iladi. Bo'ydor Salibaga qarshi nega Maunt o'ynadi? Angliyalik futbolchi Vilyamni o'z darvozaboni oldidan surib-chiqarib tashlay olmadi va franciyalik o'z maqsadiga etdi.

Hakamlar xato qildi deb muhokama qilish mumkin, lekin foydasiz: to'g'ri, hakamlar fol qayd etib, "Arsenal" golini bekor qilishlari mumkin edi. Ammo Vilyamga qarshi Kazemiro yoki de Ligt o'ynaganida, gol yuzaga kelmaslik ehtimoli ancha yuqori bo'lardi. Agarda gol bo'lmaganida o'yin boshqacha ketib, biz "Arsenal" hujumlari va Kunya hamda Mbeumo uchun qarshi hujumga qochish uchun bo'sh zonalarni ko'rar(mi)dik. "Kanonirlar" bu bahsda mayda detallarga etiborliroq bo'lishdi.

Arteta jamoasi umumiy olganda kuchliroq, lekin kecha Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" yaxshiroq edi. Ular shunchaki "Arsenal"ning eskirib ulgurgan quroli qurboni bo'lishdi: 2023 yil yozidan buyon londonliklar APLda burchak zarbalaridan keyin 31 ta gol urishdi. Ular bu borada ro'yxatning ikkinchi jamoasini 11 ta golga ortda qoldirishmoqda – "Liverpul"da 20 ta muvaffaqiyatli vaziyat qayd etilgan. Angliyada qanotlardan uzatilgan to'plar uchun kurashishni deyarli hamma yaxshi bilsada, "Arsenal" oxirgi vaqtlarda bu yo'nalishda eng yaxshisiga aylanib oldi. Nikolya Joverning mehnati va iqtidori, aynan u standartlarga javob beradi, "Arsenal"ga navbatdagi uch ochkoni keltirdi. 

"Kanonirlar" "Lids"ga qarshi birinchi raqam bo'lib o'ynashi mumkin, "avtobus" esa uchinchi tur safarda "Liverpul" bilan to'qnashuvda yana ishga tushsa ajab emas. Arteta qiyin startga to'g'ri baho berib, tavakkalga bormadi va "Old Trafford"da chiroyli futbol ko'rsatish uchun katta kuchini sarflab qo'ymadi. Pragmatik futbol bilan "Arsenal" chempionatni durang bilan boshlashi mumkin edi, lekin omad kulib boqdi. Bu o'yin uchun Amorim manziliga iliq so'zlar aytsak arziydi, Arteta esa shunchaki g'alaba qozondi, bu vaziyatda Mikelga maqtovlardan ko'ra, natija muhimroq. 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing