28 sen 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Spens va Porter uchun kafolatlangan 7 xonali gonorar summasi malum
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Staples Centre arenada o'tkaziluvchi ushbu boks oqshomining markaziy jangida yarim o'rta vazn chempionlari – Errol Spens (25-0, 21 KO) hamda SHon Porter (30-2-1, 17 KO) o'zaro to'qnash keladi. Spens IBF, Porter esa WBC chempioni bo'lib turibdi.
Birlashtiruvchi chempionlik jangi pullik PPV tizimida translyaciya qilinadi. Kaliforniya atletik komissiyasi bokschilar uchun kafolatlangan gonorarlarni elon qildi. Spens va Porter jang natijasidan qatiy nazar ikki million dollarga o'z hamyonlarini boyitib olishadi.
Jangning pullik (pay-per-view) tizimda translyaciya qilinishini inobatga olsak, ushbu summa belgilangan ikki million dollardan ko'proq bo'lishi aniq.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar