So’nggi yangiliklar

18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0

09 okt 20:22
Yangiliklar

Tennis, Dzyudo, Futbol, Xokkey

Sport hafta ichida. Ushbu haftada o'zbek sportida yuz bergan asosiy voqeliklar

Teglar :  Diyor Mavlonov
O'zbek sportida yuz bergan asosiy voqeliklar bilan tanishtiramiz!

Olamsport.com saytida yangi rukn! Endilikda har hafta yakunida ushbu hafta davomida bo'lib o'tgan etiborga molik musobaqa, o'yinlar va ularning natijalari bilan tanishtirib boramiz!

O'tgan haftani o'zbek sporti uchun omadli kechdi deb bo'lmaydi, albatta! Uch kunda uchta ehtimoliy chempionlikni yo'qotdik, qolaversa o'z mezbonligimizda o'tayotgan dzyudo bo'yicha Jahon birinchiligida muvaffaqiyatsiz start oldik. SHunday qilib, ushbu haftada sodir bo'lgan asosiy voqeliklarning qisqacha tavsifini etiboringizga havola etamiz!

5 oktyabr, Futbol bo'yicha OFK kubogi. "Oq bo'rilar" o'z uyida yarim finalni boy berdi yoxud "So'g'diyona"ning OFK kubogidagi "ertagi" haqida

CHorshanba kuni, yani 5 oktyabr kuni Jizzaxda OFK kubogining yarim finali doirasida mezbon "So'g'diyona" Malayziyaning "Kuala-Lumpur" jamoasini qabul qildi. O'yinning asosiy vaqti, qolaversa, qo'shimcha bo'limlarda ham hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasiga amallab etib kelgan ikki jamoa bahsida, omad malayziyaliklarga kulib boqdi. Ushbu uchrashuvgacha jizzaxliklar guruh bosqichini qiyinchiliksiz engib o'tishgan edi. Ammo pley-off bosqichida Jizzaxda o'tgan "Istern" bilan bahs "So'g'diyona"ning haqiqiy kuchini ko'rsatib qo'ygan edi, nazdimizda. Xullas, aynan "Kuala-Lumpur" jizzaxliklarning aynan bir uslubga ega emasligi, o'yinni faqat bazi futbolchilargagina "qurishi" va yana bir asosiy muammo - maydon talab darajasida emasligini ko'rsatib qo'ydi. SHu tariqa, Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi OFK kubogidagi o'ziga xos "ertagi"ni yakunladi.


5/6/9 oktyabr, Xokkey bo'yicha Qozog'iston ochiq chempionati. Tarkib borasida muammolar borligiga qaramasdan ketma-ket g'alabalari bilan quvontirayotgan "Humo" haqida

CHorshanba kuni Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempinatida "Almati"ga qarshi ilk safar o'yinini muvaffaqiyatli o'tkazdi. Uchrashuv 1:4 hisobida "Humo" foydasiga yakunlandi. "Almati" jamoasi musobaqada autsayderlardan biri hisoblanadi. "Humo" ushbu faktordan yaxshi foydalangan holda, "Almati"ga qarshi kechgan ikkala o'yinda ham g'alaba qozondi. Safardagi ikkinchi uchrashuv 2:5 hisobida toshkentliklar foydasiga yakunlandi. Ushbu g'alabadan so'ng "qanotlilar" turnir jadvalida beshinchi pog'onaga ko'tarilib olishgan bo'lsa, "Almati" o'n birinchi pog'onaga tushib ketishdi. Bugun esa "Humo" musobaqaning ayni damdagi peshqadami - "Sariarka"ga qarshi o'ynab, 1:3 hisobida, afsuski mag'lub bo'lishdi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng xokkeychilarimiz turnir jadvalida o'z o'rnini vaqtinchaga saqlab qola oldi. Keyingi o'yin ertaga safarda "Sariarka"ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.


6/14 oktyabr, Dzyudo bo'yicha Jahon chempionati. O'z yurtimizda o'tayotgan birinchilikdagi omadsizligimiz haqida

6 oktyabr kuni poytaxtimizdagi "Humo arena"da dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati start oldi. Ilk kungi bahslarda hamyurtlarimizdan -48 kg vaznda Halimahon Qurbonova hamda -60 kg vaznda Dilshodbek Baratov ishtirok etishdi. Qurbonova ikkinchi bosqichdayoq "qoqildi". Baratov esa bronza medali uchun blokda muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, beshinchi o'rin bilan kifoyalandi. SHunday bo'lishiga qaramasdan, Baratovning natijasi ayni damda O'zbekiston uchun eng yaxshisi bo'lib turibdi. Ikkinchi kungi bahslarda esa -66 kgda Sardor Nurillaev ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlab, shu erning o'zida to'xtatib qo'yaverdi. -52kgdagi qizlarimiz Sita Qadambaeva va medal kutganimiz - Diyora Keldiyorovalar ham afsuski ilk bahslardayoq mag'lub bo'lishdi. Kecha, 8 oktyabr kuni bo'lib o'tgan bahslar ham O'zbekiston uchun omadsiz o'tdi. -73 kg vazndagi yigitlarimiz - Murodjon Yo'ldoshev va SHahram Ahadov ilk bosqichdan ishtirokini boshlashdi va uchinchi bosqichga qadar etib borishdi. Ammo uchinchi bosqichda kuchli raqiblarga to'qnash kelishgan hamyurtlarimiz afsuski mag'lub bo'lishdi. Bundan tashqari, kecha -57 kg vaznda qizlarimiz - SHukurjon Aminova hamda Nilufar Ermaganbetova ilk bahslaridayoq mag'lubiyatga uchrashdi. Bugungi, to'rtinchi kun ham boshqalaridan farq qilgani yo'q. Erkaklar o'rtasida -81 kg vaznda SHarofiddin Boltaboev ikkinchi bosqichda tojikistonlik raqibini engib, uchinchi bosqichda yaponiyalik raqibiga Golden Score'da mag'lubiyat alamini totdi. Qizlar o'rtasida -63 kg vazndagi Sevinch Isoqova ham ilk bosqichda g'alaba qozongani holda ikkinchi bosqichda mag'lub bo'ldi. Ertaga, musobaqaning beshinchi kuni doirasida O'zbekiston sharafini -90 kg vaznda Davlat Bobonov, -70 kg vaznda esa Gulnoza Matniyozva hamda SHohista Nazarovalar himoya qilishadi.


6/8 oktyabr. Futzal bo'yicha Osiyo chempionati. O'zbekistonning muhim o'yindagi mag'lubiyati, hotirjamroq o'yindagi "bomba"si

6 oktbyar kuni Quvaytda bo'lib o'tgan Futzal bo'yicha Osiyo chempionatining yarim-final bahslari bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichga mezbon - Quvaytni engib, etib kelgan O'zbekiston Yaponiyaga qarshi turnirdagi eng qiyin bahsini o'tkazdi. Uchrashuv 1:2 hisobida afsuski, yaponlar foydasiga hal bo'ldi. Bahsda o'zbekistonliklar kech start olishgandek bo'ldi, go'yo. 1:1 hisobida yakunlangan birinchi bo'limdan so'ng, hamyurtlarimiz "uxlab qolishdi" va natijada yaponlar o'zlari uchun juda ham muhim bo'lgan ikkinchi golni urib olishdi. So'ngra, himoyaga "yotgan" yaponlarga gol urishning uddasidan chiqa olmadik. Va natijada final chiptasidan ayrildik. Kecha bo'lib o'tgan uchinchi o'rin uchun bahsda esa terma jamoamiz o'zlaridan bir necha barobar kuchsiz (ayni damda) Tayland termasini 8:2 (!) hisobida engdi. Ushbu uchrashuvda jamoamiz katta kuch sarflashmadi, sarflaydigan o'yin ham bo'lmadi, o'zi. Husniddin Nishonov har ikki bahsda juda yaxshi harakat qildi. Bundan tashqari, Sunnatilla Jo'raev, Anasxon Rahmatov, Elbek To'lqinovlar terma uchun loyiq ekanini ko'rsatib qo'yishdi. Turnir yakunida O'zbekiston terma jamoasi "fair play" sovriniga loyiq ko'rildi. SHunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida beshinchi bor Osiyo chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritishdi.


7 oktyabr. Futbol. Nogiron va amputantlar o'rtasidagi Jahon chempionati. "No Comment"

7 oktyabr kuni o'tkazilgan nogiron-amputant futbolchilar o'rtasidagi 17-jahon chempionatining yarim final uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga mag'lub bo'ldi. Dunyoning eng kuchli termasiga qarshi chiqishganiga qaramasdan, futbolchilarimiz o'zini yo'qotib qo'yishmadi. 50 daqiqa davomida munosib qarshilik ko'rsatishdi raqiblariga. Ammo, ushbu o'yinda hamyurtlarimizga faqatgina omad etishmadi. Endi O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rin uchun o'yinda Gaiti termasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv tafsilotlari bilan keyinroq batafsil to'xtalamiz.


8 oktyabr. Tennis. Fomin/Fayziev "Devis"dan so'ng va nihoyat "uyg'onishdi"

Ispaniyaning Alikante shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turniri kecha o'z nihoyasiga etdi. Ushbu turnirda, yurtdoshlarimiz Sergey Fomin va Sanjar Fayziev juftligi musobaqa finaliga etib kelgandi. Hamyurtlarimiz kecha hal qiluvchi bahsda Robin Xase (Niderlandiya) / Albano Olivetti (Franciya) tandemiga qarshi bahs yuritishdi. 1 soat 38 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski tennischilarimiz 6:7, 5:7 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi va turnir vice-chempionligi bilan kifoyalanishdi. SHunday bo'lishiga qaramasdan, bu tennischilarimiz uchun katta tanaffusdan so'ng qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatdir. Har holda, deyarli har doim saralashdan nariga o'ta olmayotgan tennischilarimiz uchun bu katta muvaffaqiyat hisoblanadi.


Muallif - Diyorbek Mavlonov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing