24 apr 10:41
Yangiliklar
Sport tibbiyoti mutaxassisi Yamalning qaytishi uchun ehtimoliy muddatni elon qildi
"Lamin Yamalning jarohati qaytalanish xavfi 30% ni tashkil qiladi, shuning uchun tiklanish muddati borasida juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar jarohat mushak qismida joylashgan bo'lsa, oldindan aytish qulayroq bo'ladi. Biroq, agar u mushak payga birikadigan joyda yoki payning o'zida joylashgan bo'lsa, u jiddiyroq bo'lishi mumkin, kamida to'rt-olti hafta maydonga tushmasligi kerak. Qaytalanish xavfini hisobga olgan holda, uning Jahon chempionati tarkibida bo'lishi qiyin ko'rinadi. Juda ehtiyot bo'lish kerak", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sadena Ser.
Lamin 33-turda "Selta"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgan. Kecha kataloniyaliklar matbuot xizmati Yamalning jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishini malum qilgandi.

Fikrlar