20 jan 07:24
Yangiliklar
Tadbirlar
“Sporti sev, sport bilan yasha!”: Yosh shaxmatchilar bahsi etiborimiz nigohida
Mamlakatimiz bo'ylab Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzini yanada keng targ'ib qilish maqsadida o'tkazilayotgan “Sporti sev, sport bilan yasha!” Respublika ommaviy sport musobaqalari ko'pchilikning katta qiziqishiga sabab bo'lmoqda.
Buni poytaxtimizdagi 144-maktabda bo'lib shaxmat musobaqasidan ham bilib olish mumkin.
Yakkasaroy tumanida joylashgan ushbu maktabda o'quvchilar bilan birgalikda mahalla aholisining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan vakillari shaxmat partiyasida dona surish uchun jam bo'lishdi. SHveycarcha tizimda o'tgan bellashuvlar qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo'ldi. Reglamentga ko'ra, unda g'alaba qozongan yoshlar musobaqaning keyingi bosqichiga yo'l olishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar