So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

02 okt 18:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Sportimiz mutasaddilari bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Rufat Risqievni yo'qlashdi

Teglar :  BoksRufat Risqiev
O'zbek va jahon boksining afsonalaridan biri, “Toshkent yo'lbarsi” nomi bilan dong taratgan Rufat Risqiev bugun 70 yoshga to'ldi.

Rufat Asadovich Risqiev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida tavallud topgan. 1974 yilgi jahon chempionatida zafar quchib, dunyo birinchiligida g'alaba qozongan ilk o'zbek bokschisi bo'lib tarixda qoldi. SHuningdek, Rufat Asadovich 1976 yilgi Olimpiya o'yinlari finalchisi ham ekani yaxshi malum. Bugun bokschimizning xonadoni har qachongidan ancha gavjum. Afsonaviy Rufat Risqievni muborak ayyom bilan qutlash uchun tashrif buyurganlar qadami arimayapti. Fursatdan foydalanib, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, yaqinda Ekaterinburgda o'tgan jahon chempionati qahramonlari va bir qator OAV xodimlari Rufat Risqievni tabriklash uchun u kishining xonadoniga tashrif buyurdi. 

O'z navbatida, Rufat aka Risqiev ko'rsatilayotgan bunday katta etibordan mamnun ekanliklarini bildirib o'tdi.

“17-18 yoshimda qachon 50 yoshga kirarkanman-a derdim. Mana bugun 70ga ham chiqdim. SHunday bo'lsa-da ko'nglim haliyam yosh. Nabiralarim rohatini ko'rib yuribman. Bugun tarbiklab kelgan barcha-barchaga katta rahmat. Bokschilarimiz jahon chempionatidan oldin duo olib ketishgandi. Yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasida ham ular mana shunday yorug' yuz bilan qaytishsin, deb duo qilib qolaman”, – dedi Rufat Risqiev.

Bolaligida afsonaviy bokschimizga havas qilib sportga kirib kelgan Bahodir Jalolov ham bugungi tashrifdan mamnun ekanini yashirib o'tirmadi.

“Rufat aka o'zbek boksining tirik afsonasi. Mana shunday ustozlarimizning yo'l-yo'rig'isiz bunday natijalarga erisha olmasdik. Bilasizmi, 3 yoshligimda Rufat aka Surxondaryoga kelganida meni qo'liga olganda bu yigit katta bo'lsa, kuchli bokschilardan biri bo'ladi, deb niyat qilib ketgan ekan. Hozir o'sha tilaklarining ijobatini ko'rib turibmiz. Bugun ko'rishganimizda o'sha tashriflarini batafsil eslatdim, yodlariga tushdi. Biz ham mana shunday insondek etuk bokschi bo'lishni istaymiz. Rufat akaga uzoq umr tilab qolaman”, – dedi Bahodir Jalolov.

Tashrif davomida yaqin o'tmishdagi xotiralar yodga olindi. O'z navbatida Rufat aka yosh bokschilarimizga qimmatli nasihatlarini berib o'tdi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi fursatdan foydalanib Rufat Risqievga uzoq umr, mustahkam sog'lik tilab, uzoq yillar oilasiga bosh bo'lib yurishi tilab qoladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing