So’nggi yangiliklar

18:29Илия Топурия бир неча жангдан сўнг вазнини ўзгартирмоқчи 0 17:32"Махачев ўрнида бўлганимда аввал Топурия, тўрт ой ўтиб Маддалена билан жанг қилардим" - Пимблетт 0 16:44Пара велоспорт: Тарихда илк бор жаҳон кубогининг гуруҳ пойгасида биринчи бўлдик! 0 16:23Нурсултон Рўзибоев "вызов" ташлаган жангчи ким? 0 15:41Де Брюйне фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттиришини истисно қилмади 0 15:20Эдди Хирн: "Кроуфордга қарши жанг Канело учун сўнггиси бўлиши мумкин" 0 14:38Италия президенти келган финалда мезбон теннисчи бош совринга эга чиқди 0 14:17“Реал Мадрид“ ПСЖнинг етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи 0 13:39Sharjah Masters. Нодирбек Абдусатторов бир суткада икки давлатда икки учрашув ўтказди 0 13:13Магомед Анкалаев вазн тоифасини ўзгартирадими? Спортчининг вакили жавоб берди 0 12:29"Агар Исламдан камарни олиб қўйган бўлсангиз, Жон Жонсдан ҳам олинг" - Пимблетт 0 11:41Финалда мағлуб бўлган Гвардиола ўйин ҳақида нималар деди? 0 11:00Нурсултон жанг қилган UFC турнирида кимлар бонус қўлга киритди? 0 10:23Абдель-Азиз: "Махачев Макгрегор учун енгил вазнда қолган бўларди. Топурия катта юлдуз эмас" 0 09:43Нурсултон иштирок этган UFC турнирининг марказий жангида Бёрнсни нокаутга учратишди (барча натижалар битта саҳифада) 0

10 jan 07:23
Yangiliklar

Tadbirlar

“Sportni sev, sport bilan yasha!” musobaqalariga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  Prezident Farmoni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi sport inshootlarida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish to'g'risidagi yig'ilish bayoniga muvofiq, sport festivali joriy yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi sport inshootlarida o'tkaziladi.

Ommaviy sport festivaliga O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi hamkorligida 2021 yil 10 yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlarida start beriladi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida ushbu sport festivaliga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan sport mutasaddilariga yuzlanishdi.

Musobaqalar joriy yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamizdagi barcha hududlardagi sport zal va maydonchalarida sportning mini-futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi hamda shaxmat va shashka turlari bo'yicha o'tkaziladi.

- Festival dasturidan o'rin olgan mini-futbol musobaqalarida jamoa tarkibidan jami 11 kishi o'rin oladi, shundan 10 nafari sportchi va bitta murabbiydan iborat. Badminton musobaqalari esa ishtirokchilarning yosh toifasiga qarab yakkalik, juftlik va aralash juftlik yo'nalishlarida o'tkaziladi. Qisqasi, barcha sport turlari xalqaro qoidalar asosida o'tkaziladi, - dedi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov. - Ushbu festivalni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, aholining barcha qatlamlarini sog'lom turmush tarziga jalb qilish, xalqimizning salomatlik darajasini mustahkamlashdan iborat. Ushbu ommaviy sport festivalini o'tkazishda bizga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi yaqindan yordam bermoqda. Qolaversa, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash, Xalq talimi, Sog'liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya ham biz bilan amaliy hamkorlik qilmoqda.

Ushbu sport festivalida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan aholining barcha qatlami ishtirok etishi mumkin.

- Ushbu festivalni tashkil etishda Milliy olimpiya qo'mitasi ham faol ishtirok etmoqda. CHunki, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi oldiga vazifa qilib belgilangan yo'nalishlardan biri - aholining turli qatlamlari orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish va jismoniy madaniyatni yuksaltirishdan iborat. Bunday festivallar esa avvalo aholining salomatligini mustahkamlash, qolaversa trenerlar uchun selekciya jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Festival dasturidan xalqimiz orasida eng ommabop, qolaversa ishtirokchilardan alohida tayyorgarlik yoki maxsus sport kiyimlari talab qilmaydigan sport turlari o'rin olgan bo'lib, "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida o'tkazilayotgan ommaviy sport festivali orqali biz Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan yo'nalishlarni ommalashtirishga ham harakat qilmoqdamiz, - deb takidladi MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov.

Anjuman davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollar bilan spikerlarga murojaat qilishdi va etarlicha javob olishdi.

Aziz yurtdoshim, sen ham sport festivalida ishtirok et, kelajaging uchun katta burilish yasa hamda sovg'alarga ega bo'l!


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing