21 mar 13:38
Yangiliklar
Futbol
Srechko Katanec: "Gonkong har bir o'yinda ko'plab vaziyatlar yaratyapti"
Gonkong - O'zbekiston JCH-2026 saralash bahsidan avval mehmon jamoa ustozi Srechko Katanec matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Gonkong terma jamoasi texnik direktori lavozimiga "Brayton"da ishlagan Jon Morling keldi. Yaqinda bizda ham huddi shu lavozimda belgiyalik Gi Kiala ish boshladi. Men terma jamoa haqida qayg'uraman, u esa yoshlarga javob beradi.
Men Iroq terma jamoasida ishlaganimda JCH-2022 saralashida Gonkongga to'qnash kelganman, o'shanda ular o'z yarim maydonidan chiqmay, faqat himoyada harakat qilishar edi. Yorn Andersen esa umuman boshqa jamoa shakllantiribdi. Ular hozir har bir o'yinda ko'plab vaziyatlar yaratishmoqda. Gonkong ko'p gol o'tkazyapti, ammo 5 kishi bo'lib hujumga o'tshmoqda" - dedi Katanec.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar