So’nggi yangiliklar

19:40Абдель-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0

01 iyu 15:55
Yangiliklar

Futbol

Stanislav CHerchesov: "Nega O'zbekiston mundialdagi "syurpriz" jamoa bo'lmasligi kerak?" Stanislav CHerchesov bilan eksklyuziv intervyu

championat.asia jurnalisti Abdulvosit Bektemirov Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov bilan suhbatlashdi.

Rossiya terma jamoasi bilan 2018 yilgi mundialda tarixiy natija qayd etgan Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov saytimizga eksklyuziv intervyu berdi. Mutaxassis O'zbekiston terma jamoasining JCHga yo'l olgani va Jahon chempionatida qanday muvaffaqiyatli ishtirok etish haqida aytib berdi.


- Stanislav Salamovich. Avvalo, intervyuga rozi bo'lganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Ishonchim komilki, juda qiziqarli material bo'ladi...

- Men qardosh respublikaga yordam berishdan doimo xursandman.

- O'zbekiston terma jamoasi muxlislariga aytadigan gaplaringiz bo'lsa, marhamat. O'zbekiston terma jamoasining saralashdagi o'yinlarini kuzatdingizmi? Jahon chempionatiga chiqish mamlakat uchun qanday natija deb o'ylaysiz?

- Hamma o'yinlarni ko'rdim desam, aldagan bo'laman. Tabiiyki, saralashni kuzatib bordim. Olimpiadadagi ishtirokdan so'ng o'zbek futbolini yanada kattaroq qiziqish bilan kuzata boshladim. Tabiiyki, futbolchilarni ham bilaman, chunki Fayzullaevni "Ferencvarosh"da ko'rishni juda istagandim. Hozir Manchesterdagi Husanov ham o'sha paytda Belarusda o'ynayotgan edi. Uni ham kuzatib borgan edim.

Rossiyada ham ko'plab futbolchilar o'ynashadi, "Rubin"dagi futbolchingizni bilaman. Har qanday amaldagi murabbiyga klublar va terma jamoalarning muvaffaqiyatli yurishi doimo qiziq. Yana bir bor takrorlayman, qardosh respublika va tabiiyki, bu sodir bo'lganidan juda xursand bo'ldim.

- Jahon chempionatiga roppa-rosa bir yil qoldi. Sizningcha, terma jamoamiz tayyorgarlikni nimadan boshlagani maqul? Qanday maslahatlar bera olasiz? Masalan, mundialga bir yil qolganida Rossiya terma jamoasi bilan ishni nimadan boshladingiz? O'sha paytda siz uchun eng muhimi nima edi? 2017 yilning yozida Rossiya terma jamoasi Konfederaciyalar Kubogida ishtirok etdi va ushbu turnirdan so'ng o'n ikki oy davomida mundialga tayyorgarlik ko'rdi. O'sha yili qanday ishlar amalga oshirilgan edi?

- Bir narsa haqida aytishni unutibman. Tarixiy natijani Timur Kapadze qayd etdi. SHuningdek, u Olimpiadaga ham bordi va u erda ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hozir esa bu vazifani ham uddaladi. Kapadzening malakasi eng yuqori darajada ekanligi aniq. Jahon chempionati oldidan esa malum nyuanslarni hisobga olish kerak.

Siz Konfederaciyalar Kubogidan keyin dedingiz. Bir tomondan, bu to'g'ri, boshqa tomondan esa Konfederaciyalar Kubogidan bir yil keyin terma jamoani qo'lga olgan edim. Men ikki yil davomida murabbiylik qildim va aytishim kerakki, Konfederaciya Kubogidan oldin va keyin, tabiiyki, biz turlicha tayyorgarlik ko'rdik. Yo'nalish to'g'ri tanlandi. Yana bir narsa, nyuanslar va ushbu Konfederaciyalar Kubogi bizga tayyorgarlik ko'rishda katta yordam berdi, chunki biz bunday katta turnirga birinchi marta tayyorgarlik ko'rayotgan edik.

Yana bir bor takrorlayman, yo'nalish to'g'ri tanlangan edi. Yuklamalarni ko'paytirish va nozik jihatlar boshqa masala. Aytaylik, Konfederaciyalar Kubogida musobaqadan ancha oldin formaga kirib olgan edik.

Musobaqa startidan bir hafta oldin biz eng yaxshi formada edik, afsuski. Bu bizga katta to'sqinlik qildi. CHunki Konfederaciyalar Kubogigacha hammani mag'lub etganmiz, mana oxirgi ikki nazorat o'yinini olaylik. "Ferencvarosh"dagi bo'lajak stadionimda Vengriyani 3:0 hisobida mag'lub etgan edik. Keyin esa koreyslarni 4:2 hisobida taslim qildik. O'zingiz ham bilasiz, koreyslar yugurishni yaxshi ko'rishadi, biz esa ulardan ancha ustun edik.

Konfederaciyalar Kubogini Yangi Zelandiya ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladik, natija ham harakat, hammasi joyida edi, keyin esa so'nggi ikki o'yinda yutqazdik, chunki biz allaqachon eng yuqori formadan pastga tushib ketgandik. Jamoa holati va sport formasi pasayib borayotgan edi.

Jahon chempionatida esa bunday xatoni takrorlamadik. Biz sport formamizning cho'qqisida keldik va musobaqani o'sha cho'qqida yakunladik, deyish mumkin. Mundialda bizda erta pasayish bo'lmadi.

SHuning uchun bu doimo etiborga olinishi kerak bo'lgan nyuanslar bor. Konfederaciyalar Kubogi bizga xatolar ustida ishlash uchun yaxshi ozuqa berdi. Eng muhimi - shunday vaziyat borligini bilish va vaziyatni to'g'rilay olish. Murabbiylar shtabi ham, tibbiyot shtabi ham, mamuriy shtab ham bir yoqadan bosh chiqarib ishlagani uchun shunday natijaga erishilgan.



- Terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze haqida gapirdingiz. Aytganingizdek, u olimpiya terma jamoasini ilk bor Olimpiadaga, endi esa MTJni Jahon chempionatiga olib chiqdi. U juda yosh va iqtidorli. O'z tajribangizdan kelib chiqib, Timur Toxirovich Kapadzega qanday maslahat bera olasiz? Jahon chempionatiga tayyorgarlikdan oldingi davrda qaysi jihatlarga etibor qaratgan maqul? Nimaga etibor qaratish kerak, qanday qilib yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish mumkin? Siz bularning barchasini boshdan kechirgansiz, terma jamoamizga esa maslahatlar ortiqchalik qilmasdi…

- Men tizimli insonman va narsalarga kompleks nazar bilan qarayman. Jahon chempionatiga bir yil bor va ushbu vaziyatda federaciya va terma jamoa birgalikda harakat qilishi kerak. Terma jamoa ustuvor ahamiyatga ega bo'lishi uchun taqvim to'g'ri tuzilishi kerak.

Timur Toxirovichga maslahat berish qiyin emas, lekin u yoshlarni Olimpiadaga olib chiqdi, hozir esa terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqdi. U inson nima qilayotganini o'zi biladi, juda yaxshi biladi. Kapadzeni resurslar bilan qo'llab-quvvatlash kerak. Agar qandaydir nozik jihatlar bo'yicha bo'lsa, men doimo uchrashishga, suhbatlashishga va yordam berishga tayyorman.

Ammo eng muhimi, jamoani tayyorlash uchun zamin va sharoit yaratish kerak. Keyin, tabiiyki, tayyorgarlikning o'zi boshlanadi. Taqvim ham tuzish kerak. Bu shunchaki yig'inga kelganingizdan keyin qaysi futbolchi nimaga tayyorligini tekshirishni boshlash emas. Yil davomida ularni kuzatish, testlar o'tkazish, qon haqidagi malumotlarni yig'ish, futbolchi bosib o'tgan masofasi va boshqa parametrlar bo'yicha ham malumot to'plash kerak. Nozik jihatlari ko'p. O'tgan kuni men murabbiylar shtabim bilan yig'ilgan edim, qandaydir narsalarni muhokama qilish va tayyorlash kerak edi. Masalan, bizda hamma narsa bor, har kuni, har bir mashg'ulot, har bir mashg'ulotning hisoboti va har bir mashg'ulotning qisqacha mazmuni.

Nozik tomonlari ko'p. Asosiysi, Timur Toxirovich o'z salohiyatini namoyon eta olishi uchun sharoit yaratib berilishi kerak. Yana bir bor takrorlayman, bu tizimli va kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak.

O'zbekistonlik muxlislarga, u erdagi mamlakat va federaciya rahbariyatiga samimiy tabriklarimni yo'llayman. Jamoa yangi darajaga chiqdi, demak, ularning xohish va istaklarini maksimal darajada qo'llab-quvvatlash va jamoa mundialda munosib ishtirok etishi uchun maksimal darajada harakat qilish kerak.

Terma jamoangiz yaxshi tayyorgarlik olib borishiga va munosib ishtirok etishiga hech qanday shubham yo'q. Rahbarlar hamma narsani qanday qilishni bilishadi. Malum darajadagi o'yinchilar bor. Ko'pchilik top-klublarda o'ynaydi. Lekin guruh hali nomalum ekanligi boshqa masala, qura esa dekabr oyida bo'lib o'tadi. Qaysi mamlakatlarga qarshi o'ynalishi ham nomalum. Meksikada ham, Amerikada ham o'ynash baxtiga muyassar bo'lganman, shuning uchun u erdagi iqlimga moslashish va boshqa nyuanslar bilan bog'liq vaziyat qanday kechishidan yaxshi xabardorman. Bunday jarayonni nazariy jihatdan emas, balki amaliy jihatdan o'tganman. SHuning uchun ko'pgina nozik tomonlarni oldindan hisobga olish kerak. SHunday ekan, bu borada hammasi joyida bo'lishini tilayman. Keyin esa kuzatamiz, muxlislik qilamiz va qayg'uramiz.

Agar biror yordam kerak bo'lsa, men har doim tayyorman va bajonidil yordam qo'lini cho'zaman.

- O'zbekiston terma jamoasi uchun bu birinchi mundial. Bunday musobaqalarda futbolchilar ruhiyati qanday ishlaydi? Futbolchilar kuchli raqiblarga qarshi hayajonni his qilmasliklari uchun qanday ishlash qilinishi kerak?

- SHomurodov bilan Fayzullaevning top-terma jamoaga qarshi o'yinda tizzalari qaltiraydi deb o'ylamayman.

Terma jamoangizdagi o'yinchilarning hammasini ham bilmayman. SHuning uchun bu masalada hech kimga hech qanday maslahat bera olmayman, chunki men faqat o'z jamoamni va qanday futbolchilar o'ynashini bilaman. Futbolchi sifatida uchta Evropa chempionati va yana shuncha Jahon chempionatida ishtirok etganman. Murabbiy sifatida esa bitta Jahon chempionatida ishladim. Bilaman, bunday katta musobaqalarda yaxshi futbolchi bo'lishning o'zi kamlik qiladi.



- Murabbiy va mutaxassis sifatida JCHda O'zbekiston terma jamoasi oldiga qanday maqsad qo'ygan bo'lardingiz? Guruhdan chiqishmi yoki munosib ishtirok?

- Rossiyadagi mundialdan so'ng mendan so'rashganida, biz mamlakatni emociyalar jihatidan jahon chempioni qildik deb aytgandim.

Ammo, jahon chempioni bitta  bu Franciya edi. SHuning uchun har qanday turnir, ayniqsa, bir chempion va kubok bir jamoaga nasib etadigan musobaqa. O'zbekiston terma jamoasi musobaqaga borishi va har bir uchrashuvda favorit bo'lishi kerak degan fikr noto'g'ri bo'lsa kerak. Mag'rur o'zbek yigitlari nimalarga qodir ekanliklarini bilishlari va maksimal darajada mehnat qilishlari kerak. SHundagina, o'z salohiyatidan ko'ra yaxshiroq natija qayd etish mumkin bo'ladi. Yigitlar buni esdan chiqarmasligi lozim.

O'zbekiston terma jamoasi uchun aynan shu narsa asosiy maqsad bo'lishi kerak. Katta musobaqalarda «syurpriz» jamoalar bo'ladi, nega aynan O'zbekiston terma jamoasi shunday jamoa bo'lmasligi kerak? Bunga hech qanday shubha yo'q. Yana bir bor aytaman, hosilni terib olish uchun tizimli, rejali va aniq tayyorgarlik ko'rish kerak.

Bugun hamma narsani shunday tayyorlash kerakki, jamoa qanday tayyorlanayotgani va buni nima uchun qilayotganini tushunishi kerak. Asli kuchingizni bilishingiz juda muhimdir. Oshirib yubormaslik yoki past baho berish kerak emas, shunchaki o'z darajangizni bilishingiz kerak. SHu xolos.

- Abbosbek Fayzullaev terma jamoamizning eng iqtidorli o'yinchilaridan biri. Hozir u Moskvaning CSKA jamoasida o'ynamoqda, ammo yaqinda jamoada murabbiy o'zgardi, Nikolich ketdi va CHelestini keldi.

O'tgan haftada esa Istanbulning "Bashakshehir" klubi Fayzullaevga qiziqish bildirayotgani va uni o'z safiga qo'shib olishni juda xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Nima deb o'ylaysiz, Fayzullaevning faoliyati to'g'ri rivojlanishi uchun qaysi qaror to'g'riroq bo'ladi? Kelajakda Evropaga ko'chib o'tish uchun Turkiya chempionatiga o'tish kerakmi yoki Rossiya grandida qolgan maqulmi?

- Fayzullaevni o'z jamoamga olib kelishga harakat qilganimni aytdim. Abbosni Olimpiadada ko'rganman va hokazo. Xullas, u yoki bu sababga ko'ra klub mening qarorimni qo'llab-quvvatlamadi. Ro'yxatimda Husanov ham bor edi.

Fayzullaevning o'rniga 17 yoshli mahalliy futbolchi olib kelindi. Biz uni asosiy o'yinchiga aylantirdik. U hali hamon asosiy tarkibda o'ynashda davom etmoqda.

Fayzullaevga qaytadigan bo'lsak, u birinchi mavsumni juda yaxshi o'tkazdi. Fedotovda jamoasida asosiy o'yinchi edi, o'z poziciyasida o'ynadi. Mening tushunchamga ko'ra, Fayzullaev uchun eng yaxshi poziciya - chap qanot yarim himoyasi, o'ng qanotga og'ish xususiyati bilan. Fayzullaev ushbu poziciyada o'zini ancha qulay his qiladi. Keyin Nikolich keldi, tizimni o'zgartirdi, Fayzullaevning o'yin vaqti kamaydi va o'zini kamroq ko'rsata boshladi. Buni daqiqalarda ham, urilgan gollarda ham ko'rishimiz mumkin.

Tajribam shuni ko'rsatadiki, Jahon chempionati oldidan yangi klubga o'tgan har qanday futbolchi yangi jamoada qanday rol o'ynashini hech qachon bilmaydi. Birinchidan, yangi murabbiy, yangi jamoa. O'z vaqtida moslasha olmasligi mumkin va ko'pincha shunday ham bo'ladi. Bu normal holat. Birinchi yil adaptaciya davriga to'g'ri kelishi mumkin.

Ikkinchidan, har qanday jamoada murabbiy, yangicha taktika va o'yinchilar bo'ladi. SHartli ravishda Fayzullaev yoki Husanov, yoki SHomurodov. Agar boshqa klubga ketsa va u erda murabbiy o'yinchini o'z poziciyasida emas, balki misol uchun ikkinchi tayanch yarim himoyachi poziciyasida o'ynatishi ham mumkin. Bu shunchaki misol. Terma jamoa uchun bu minus, chunki u o'z poziciyasida o'ynamayapti.

Nozik tomonlari ko'p. Jahon chempionati oldidan futbolchilar bilan gaplashganimda ham mish-mishlar, takliflar. Biri yangi klubga o'tyapti, ikkinchisida ham taklifi bor. Men ularga: "Yigitlar, yaxshilab o'ylab ko'ringlar, iltimos. Men u erdagi qandaydir nyuanslarni bilmayman. SHularni hisobga oling. Keyinchalik sizda muammo bo'lmasligi uchun", deb aytganman.

Yana yangi til, yangi mamlakat. CSKAda Abbos ruscha gapiradi, hozir yangi murabbiy keldi. Biz uning Abbosga qanday munosabatda bo'lishini, qanday poziciyada sinab ko'rishini va boshqa faktorlarni bilmaymiz. Bu malum bir tavakkalchilik, ayniqsa, katta turnir oldidan. Men futbolchilarga hech qachon hech nimani taqiqlamaganman, lekin bir narsani aytganman: "Sizlar o'z harakatlaringiz uchun o'zingiz javobgarsiz. CHunki keyinchalik futbolchi klubda o'ynamaydi, lekin kechagina terma jamoada asosiy o'yinchi edi, endi esa nafaqat asosiy tarkibda o'ynamaydi, balki yig'inga ham chaqirilmaydi". Bunday holatlar ham uchrab turadi. SHuning uchun, Fayzullaevning atrofidagilar unga to'g'ri maslahatlar berishadi. Bu faqat Fayzullaevga taalluqli emas. Men terma jamoada ham doim futbolchilar bilan ochiq gaplashardim. Ular ko'pincha u yoki bu masalada men bilan maslahatlashardilar. Mening vazifam ularga maslahat berish, yakuniy natija, qaror esa doimo ularning qo'lida bo'lgan. Men shunday degan bo'lardim.

- Stanislav Salamovich, Rossiya terma jamoasining 2018 yilgi Jahon chempionatidagi o'yiniga nazar tashlasak. Tabiiyki, bu tarixiy natija. Ammo men qo'shimcha bir jihatga etibor qaratmoqchiman. O'sha tarkibda ahillik va birdamlik muhiti bor edi. Jamoada bunday ishonch va intizom muhitini qanday yaratgan edingiz? Masalan, Dzyubaning Xorvatiyaga qarshi penaltilar seriyasi oldidan so'zlagan nutqi aytayotgan so'zlarimga misol bo'la oladi. O'zbekiston terma jamoasida ham shunday muhit va birdamlik muhitini yaratish mumkin?

- Men bu savolga bilvosita javob berib o'tdim. Salohiyati bo'yicha tarkibdan o'rin olishi  kerak bo'lgan futbolchilarni chaqirdim. Men buni bir so'z bilan "poroda" (zot – tahr.) deb atayman. Har bir o'yinchining malum bir "poroda"si bo'ladi. Har qanday futbolchida o'zini ko'rsatish istagi mavjud, ammo bunday musobaqada har qanday o'yinchi o'z ambiciyalarini yashirib, jamoa haqida qayg'urishi lozim.

Bunday qilish esa bazan qiyin bo'ladi. Ayniqsa, Jahon chempionatidagi katta etibor va bosimda. SHuning uchun 23 nafar o'yinchining barchasi natija uchun o'z ambiciyalarini qurbon qilishga tayyor bo'lishi kerak. Bu bitta vaziyat – hamjihatlik, biz nimani xohlashimizni tushunish. Boshqa tomondan, jamoamiz jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edi. Sprintlar, yugurish va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha Jahon chempionatida eng yaxshilar qatorida edik. Ispanlar va xorvatlar bilan ketma-ket ikki o'yinda 120 daqiqada o'ynadik. Ispaniyaga qarshi nimchorak final bahsida 148 kilometr masofa bosib o'tganmiz. Xorvatiyaga qarshi esa naqd 150 kilometr. Bu malumotlarni FIFA bizga taqdim etgan edi.

Agar o'yin natijasiga bir o'zi tasir o'tkaza oladigan yulduz bo'lmasa, demak, jamoa taktik va jismoniy jihatdan tayyor bo'lishi kerak. Birdamlik kerak. Jamoa – "yagona musht". SHundagina O'zbekiston xalqi kutayotgan natijani qayd etish mumkin bo'ladi.


- Stanislav Salamovich, agar kelajakda O'zbekiston klublari yoki milliy terma jamoadan taklif tushsa, taklifni qanchalik jiddiy ko'rib chiqasiz? O'zbek futbolida ishlash sizga qanchalik qiziq?

- Birinchidan, Kapadze yana o'n yil va undan ham ko'proq terma jamoa boshqaruvida ishlasin. Unga muvaffaqiyatlar tilayman. Deyarli har bir jurnalist menga shu savolni beradi. Kecha Misr televideniesida bo'ldim. Ular ham shu savolni berishdi. 

Kelajakda basketbol klubida ishlashingiz mumkinmi deb so'raganingizda. Kechirasiz, lekin yo'q degan bo'lardim. Men futbol murabbiysiman.

Futbol haqida gapiryapmiz-ku. Men sovet davrida O'zbekistonda ko'p bo'lganman, u erda har yili ananaviy Toshkent turniri bo'lardi. Men o'smirlar terma jamoasi safida Toshkentga ko'p kelganman. Vataningizda o'zimni qulay his qilaman. Siz esa ritorik savol berdingiz. O'zbekiston – futbol sevar mamlakat. Menga turli klublar tez-tez takliflar bo'ladi.

Taklif bo'lsa. Demak, uni ko'rib chiqish kerak.

- Siz futbolchilik faoliyatingiz haqida gapirdingiz va Toshkentga juda ko'p kelgan ekansiz. Umuman olganda, qaysidir o'zbek futbolchilari bilan muloqot qilasizmi? Masalan, Toshkentga kimnikiga mehmonga kelishingiz mumkin?

- Ochig'ini aytsam, yo'q. Yolg'on gapirmayman. Darvoqe, menga yurtdosh bo'lgan polvonlar O'zbekiston sharafini himoya qilishgan. Artur Taymazov, Arsen Fadzaev va Maxar Xadarcev. Bizni O'zbekiston bilan bog'laydigan jihatlar ko'p. «Spartak»da Pyatnickiy va Kechinov bilan birga o'ynaganman. SHuning uchun ularni yaxshiroq taniyman. Men uyiga mehmonlikka borishim mumkin bo'lgan odam borligini aytsam, aldagan bo'laman. Umid qilamanki, vaqt o'tishi bilan bularning barchasi o'zgaradi va do'stlar paydo bo'ladi.

- Stanislav Salamovich, yaqinda Qozog'iston terma jamoasi murabbiyi Ali Alievdan O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqqani haqida so'rashdi. Qozoq jurnalistlari biz ham bunday natijaga qachon erishamiz degan ruhdagi savol berishdi. Aliev esa, agar Qozog'iston Osiyoda bo'lganida, biz ham mundialga chiqqan bo'lardik, deb javob berdi.

Siz bu fikrga qanchalik qo'shilasiz? Qozog'iston terma jamoasi bunday yirik musobaqalarga chiqish uchun OFKga o'tishi kerakmi? Bu ikki davlat va futbol solishtirilsa qanday farq bor?

 - Aliev so'nggi o'yinlarda terma jamoa o'yinini o'zgartirmoqda. Avlodlar almashinuvi jarayoni davom etmoqda. Bu normal holat.

Men u erda bo'lmaganman va savolning kontekstini bilmayman. Tabiiyki, yashirib o'tirishning hojati yo'q, Evropadagi saralash har qanday holatda ham murakkabroq. Lekin hech qaerda oson bo'lmaydi. Hech kim hech qachon osongina katta turnirga saralanib qolmaydi.

Menimcha, Osiyoda imkoniyatlar ko'proq bo'lar edi, lekin bu ham kafolat emas. Qozog'iston terma jamoasini ham kuzatyapman. U erda bir yil ishladik, rivojlanish bo'yicha ko'p narsalarni o'zgartirdik.

SHuning uchun, yana bir bor takrorlayman, men o'zing o'sha joyda bo'lmaganim uchun baholashim qiyin. Umuman olganda, Evropa futbolida ham darajasi pastroq jamoalar va federaciyalar bor. 

Agar qurada beshinchi-to'rtinchi savatga tushsang, guruhda ikki-uchta top-jamoa bo'ladi degani.

Biz Millatlar Ligasida Norvegiya, Avstriya va Sloveniyaga qarshi o'ynadik. Evropa chempionatida Sloveniya, Avstriyaning raqiblariga oson bo'lmadi. Takror aytaman, hech qaerda osonlikcha hech nimaga erishib bo'lmaydi.

- Qiziqarli suhbat uchun rahmat Stanislav Salamovich.

- Barchaga omad. Sizlarga muxlislik qilishda davom etamiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing