24 okt 15:25
Yangiliklar
Yoshlar Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan dzyudochilarimiz tarkibi tasdiqlandi
Ushbu kompleks musobaqa dasturidan dzyudo bahslari ham o'rin olgan bo'lib, 29-30 oktyabr kunlari jami 16 ta vazn (8 ta o'smirlar, 8 ta qizlar) toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Murabbiylar shtabi tomonidan III yoshlar Osiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz tarkibi tasdiqlandi. Dzyudochilarimiz to'liq tarkibda medallar uchun bahslarga kirishishadi. Terma jamoamiz delegaciyasi 27 oktyabr kuni Bahraynga jo'nab ketadi.
Terma jamoamiz tarkibi:
-50 kg: SHohjahon Usmonov
-55 kg: Abubakr Sattorov
-60 kg: Davlat Ahrorov
-66 kg: Sultonbek Qo'ldoshboev
-73 kg: Mirzohid Xudoyqulov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov
+90 kg: Alibek Durdiev
QIZLAR
-40 kg: Dilafruz Boltaboeva
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Diana Azambekova
-52 kg: Zuhra Alimova
-57 kg: Gulsanam Hazratova
-63 kg: Maftuna Ahmedova
-70 kg: SHohista To'raeva
+70 kg: Xonzodabegim Usmonqulova
Murabbiylar - Aurelian CHiprian-Flis, Gelaniy Ozdaev, Fayoz Yusufov

Fikrlar