24 okt 16:49
Yangiliklar
Timofeevaning O'zbekiston fuqaroligini olishi ITF va WTA qoidalari doirasidami? Bosh kotib javob berdi
O'zbekiston tennis federaciyasi bosh ktibi Sardor Komilov Timofeevaning O'zbekiston fuqaroligini olishi Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) hamda Ayollar tennis associaciyasi (WTA) qoidalari doirasida amalga oshirilganini malum qildi.
"Biz Mariya Timofeevani O'zbekiston terma jamoasi safida kutib olishdan mamnunmiz. U xalqaro tennis maydonlarida mamlakatimiz mavqeini mustahkamlashga qodir bo'lgan kuchli, shijoatli va intiluvchan sportchidir. Transfer to'g'risidagi qaror ITF va WTA qoidalariga to'liq muvofiq ravishda amalsha oshirildi. Ishonchimiz komilki, uning tajribasi va yuqori darajadagi o'yini yosh avlod sportchilarini ilhomlantiradi va O'zbekistonda tennisga qo'shimcha etibor qaratishga yordam beradi" - dedi Komilov.

Fikrlar