So’nggi yangiliklar

14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0

24 okt 16:28
Yangiliklar

Boks/MMA

FMMAF Magomedovning bir yarim yil oldingi mag'lubiyatini bekor qildi

Franciya MMA federaciyasi (FMMAF) 2024 yil may oyida Parijda bo'lib o'tgan Bellator turniridagi jang natijasini bekor qildi.

Turnir doirasidagi janglarning birida amerikalik Petchi Miks rossiyalik Magomed Magomedov ustidan g'alaba qozongandi. Ammo Miksning ijobiy doping testi tufayli uning g'alabasi mag'lubiyatga almashtirildi. Bu haqda Franciya MMA federaciyasi har ikki tomonga xabarnoma jo'natdi.

FMMAF talqiniga ko'ra, amerikalikning doping testi marixuana uchun ijobiy natija bergan va Amerika tomoni bilan uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng, Franciya Federaciyasi jangdan bir yarim yil o'tib, Miksning g'alabasini bir tomonlama bekor qilgan.

Ushbu Bellator turnirida doping sinovlarini nazorat qilgan sportni tartibga solish departamenti direktori Mayk Mazzulli allaqachon boks komissiyalari va jangovar sport associaciyasi (ABC) orqali jang natijasini bekor qilmoqchi emasligini aytmoqda.

Mazzullining so'zlariga ko'ra, uning departamenti Magomedov bilan jang oldidan Miksni sinovdan o'tkazgan va barcha natijalar salbiy chiqqan. Mazzullining takidlashicha, u turnirdan bir necha hafta o'tgach FMMAFga salbiy natijalar yuborgan, ammo Franciya tomonidan hech qanday javob olmagan.

"Bu men ko'rgan eng kulgili holat", - dedi Mazzulli MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.

ABC reestri hamon Miksning Magomedov ustidan g'alabasini qayd etmoqda va bu natija o'z kuchida qoladiganga o'xshaydi. Magomedov ustidan qozonilgan g'alaba Miksning Bellator’dagi so'nggi jangi bo'ldi - shundan so'ng tashkilot PFL ligasi tomonidan yutib yuborildi, amerikalik esa shartnomani bekor qilishga erishdi. U 2025 yilda UFC bilan shartnoma imzoladi va dunyoning eng kuchli ligasida allaqachon ikki mag'lubiyatni qabul qilib ulgurdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing