26 avg 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Sud mutloq jahon chempionining 90 kunlik qamoq jazosini bekor qildi
AQSH sudi birinchi yarimo'rta vazn toifasida WBA (Super), WBC, WBO hamda IBF yo'nalishlari chempioni amerikalik 29 yoshli Terens Kroufordning 90 kunlik qamoq jazosini bekor qildi.
O'tgan yilning dekabr oyida Krouford 1984 yilda ishlab chiqarilgan SHevrole Monte-Karlo mashinasini ustaxonaga bo'yash uchun olib kelgan va yakunda mojaro yuzaga kelgandi.
Yakunda bu ish sudgacha
etib borgan va bokschiga 90 kunlik qamoq jazosi hamda 6000 dollar jarima
belgilangandi. Bugun tarqatilgan xabarlarga qaraganda, Kroufordning qamoq
jazosi bekor bo'lgan va endi u faqat jarimani to'laydi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar