04 avg 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Superog'ir vazn divizioni rekordi yangilangan jangda Kovnacki IBF kamariga ega chiqdi
AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etilgan professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda polshalik Adam Kovnacki 38 yoshli Kris Arreolaga qarshi ringga ko'tarildi. Jang IBF Inter-Continental chempionlik kamari uchun kechdi.
O'n ikki raundlik jang yakunida hakamlar 118:110, 117:111, 117:111 hisobida 30 yoshli Kovnacki g'alaba qozonganini etirof etishdi. Adam faoliyatida ilk bor to'liq 12 raundlik jang o'tkazdi va qitalararo IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Etiborli jihati shundaki, har ikkala bokschi 12 raund davom etgan jang mobaynida umumiy hisobda 667 ta zarba yo'llashdi. Bu superog'ir vazn toifasi uchun yangi rekord hisoblanadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar