30 sen 10:07
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suv polochi qizlarimiz JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishdi, sinxronchilarimizda ham ikki medal
Hindistonning Bangalor shahri mezbonligida suv sporti turlari bo'yicha turli yosh toifadagi guruhlar o'rtasidagi o'ninchi Osiyo chemionati davom etmoqda.
Ortda qolgan kun sinxron suzish bo'yicha terma jamoamiz vakillari uchun ham muvaffaqiyatli o'tdi. Juftlik yo'nalishida Nafisa SHomirzaeva hamda Diana Onkes, shuningdek, duet chiqishida terma jamoamiz hisobiga bronza medallari yozib qo'yildi.
Ayni paytga kelib suzish va suv polosida yosh qizlar o'rtasidagi bellashuvlar yakunlanib ulgurdi. Unga ko'ra, suzuvchilarimiz musobaqani 3 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallari bilan tugatgan bo'lsalar, suv polosida yosh qizlarimiz kumush medallarga sazovor bo'lishdi.
Takidlash joiz, bu natija orqali qizlarimiz kelasi yil yoshlar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chemionati yo'llanmasini ham qo'lga kiritdilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar