16 jan 09:47
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Suv polochilar Toshkentda bellashmoqda
Suv sport turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida suv polosi bo'yicha U15 va U17 yosh toifasida turnir o'tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada jami 11 jamoa g'oliblik uchun bahs olib bormoqda. U17 yosh toifasida o'tkazilgan ikkinchi kungi uchrashuvlarda “SM-1” jamoasi 8:13 hisobida “Germes”ga (yigitlar) imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, Suv sport turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi o'quvchilaridan iborat jamoa “Germes”ni (qizlar) 9:7 hisobida engdi.
SHuningdek, U15 yosh toifasidagi bellashuvlarda “SM-2” va “Germes” (qizlar) bahsida 6:9 hisobi qayd etildi. “SM-1” hamda “Germes” (o'g'il bolalar) o'rtasidagi uchrashuv 6:11 hisobida o'z nihoyasiga etdi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar