02 okt 12:35
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Suv sport turlari bo'yicha Osiyo chempionati: uch sportchimiz uchta medal taqdim etdi
Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sport turlari bo'yicha Osiyo chempionati davom etyapti.
Musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston delegaciyasi yana 3 ta medalga ega chiqdi.
Suvga sakrash bo'yicha jamoamiz azosi Vyacheslav Kachanov 3 metrli tramplindan sakrash dasturida qatnashib, 368.85 ball bilan uchinchi natijani qayd etdi.
U xuddi shu balandlikda juftlik dasturida Igor Myalin bilan ham shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilgan edi.
Myalinning o'zi esa 10 metrli tramplindan sakrash bahslarida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bundan tashqari, mahoratli suzuvchimiz Ilya Sibircev bu gal 800 metr masofaga kechgan erkin usulda suzish dasturida kumush medal sohibiga aylandi.
Havola :
Fikrlar