29 jan 18:38
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suvga sakrash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Yangi Zelandiyadagi musobaqaga jo'nab ketdi
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, 31 yanvar – 2 fevral kunlari Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida suvga sakrash bo'yicha "Southern Cross Diving Series" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi.
Mazkur turnirda ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi kecha Yangi Zelandiyaga jo'nab ketdi.
Mazkur musobaqada 3 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi:
Doston Botirov: 3 metrli tramplin;
Vyacheslav Kachanov: 3 metrli tramplin;
Igor Myalin: 10 metrli platforma;
V.Kachanov / I.Myalin: 3 metrli tramplindan sinxron sakrash.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar