01 fev 12:57
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Suvga sakrovchilarimiz Yangi Zelandiyadagi turnirni 2 ta medal bilan yakunlashdi
Suvga sakrash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Oklend shahri (Yangi Zelandiya)da tashkil etilayotgan "Southern Cross Diving Series" turnirida ishtirok etishi haqida malum qilgan edik.
Hamyurtlarimiz musobaqani 2 ta medal bilan yakunlashdi.
Uch metrli tramplindan sakrash dasturida Igor Myalin hamda Vyacheslav Kachanov bronza medalini qo'lga kiritishdi. Musobaqada oltin medal mezbonlarga nasib etgan bo'lsa, malayziyalik sportchilar kumush medal bilan taqdirlanishdi.
Myalin va Kachanov juftligi turnirning bugungi kuni doirasida 10 metrli tramplindan sakrash dasturida kumush medalni qo'lga kiritib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar