30 sen 10:52
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Suzuvchi Ilya Sibircev Osiyo chempionatida ikkinchi bo'ldi
Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sport turlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslari o'tkazildi.
Quvonarlisi, kun davomida bahslarda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Ilya Sibircev 1500 m masofaga erkin usulda suzish dasturida 15:23.35 soniya natija bilan kumush medalga ega chiqdi.
Avvalroq, turnir doirasida suvga sakrovchi Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov bronza medalini qo'lga kiritishgandi.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar