04 avg 16:50
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Suzuvchi va suvga sakrovchilarimiz ham qilichbozlar kabi Jahon chempionatini medalsiz yakunladi
Singapurda suv sport turlari bo'yicha kattalar o'rtasida dunyo birinchiligi o'tkazildi.
Musobaqa O'zbekiston terma jamoasi azolari ham suzish, sinxron suzish va suvga sakrash bo'yicha bir qancha dastur bellashuvlarida ishtirok etdi.
Jumladan, suzish bahslarida Ilya Sibircev, Eldorbek Usmonov, Parizod Abdukarimova hamda Osiyo Rejepova jami 9 ta turli dasturlarda qatnashdi.
Sabina Mahmudova hamda Ziyoda Toshxo'jaeva esa sinxron suzishning erkin va texnik solo va duet yo'nalishlarida chiqish qildi.
SHuningdek, Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov suvga sakrash bo'yicha musobaqalarda ishtirok etdi.
Suv sport turlari bo'yicha Jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan barcha sportchilar musobaqani medalsiz yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar