19 avg 07:32
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimiz Pokistondagi turnirni 4 ta medal bilan boshlashdi. SHarifini o'zgartirgan Svetlana hisobida kumush!
Pokistonning Lahor shahrida taekvondo WT bo'yicha 8th World Taekwondo President’s Cup – Asia turnirining kyorugi yo'nalishidagi bellashuvlariga start berildi.
Musobaqaning dastlabki kuni vakillarimiz 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini jamg'arishdi. Jahon chempioni Najmiddiy Qosimxojiev hamda Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibasi Svetlana Saidova finalgacha etib borib, kumush medalga ega chiqdi.
Kumush:
Najmiddin Qosimxojiev (74 kg)
Diyora Azizova (62 kg)
Svetlana Saidova (+73 kg).
Bronza:
Marat Mavlonov (+87 kg).

Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar