05 iyu 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Tailandlik chempion Marchiano va Meyvezerning rekordiga yaqinlashdi
Professional boksning superengil (47,6 kg) vazn toifasida WBC chempioni tailandlik Vanxeng Menayotin faoliyatidagi 47-g'alabasini tantana qildi.
Bu bilan 31 yoshli Menayotin o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini ettinchi bor himoya qildi. Bu safar u tanzaniyalik Omari Kimverini ochkolar hisobiga ko'ra (117:110, 118:109, 118:109) mag'lub etdi.
SHu tariqa, tailandlik chempion afsonaviy bokschilar Rokki Marchiano va Floyd Meyvezerning rekordiga yaqinlashib oldi. Bu ikki bokschi faoliyatlari mobaynida 49 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishishgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar