19 okt 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Takam: "Meni Joshuaning 80 ming muxlisi qo'rqitayotgani yo'q"
Kamerunlik bokschi Karlos Takam Entoni Joshuaning muxlislaridan qo'rmayotganligini aytib o'tdi.
"Jangga chiqishdan qo'rqayotganim yo'q. Men to'qnashuvga tayyorman. Jang ajoyib o'tadi.
Joshua kuchli bokschi. U jang qilishni yaxshi ko'radi. Menga esa oldinga boradigan raqiblar yoqadi. Men ham shunday harakat qilishni istayman.
O'z kuchimga ishonaman. Xech qachon jangga yutqazishim mumkin degan fikr bilan chiqmayman. 80 ming muxlisdan qo'rqayotganim yo'q. Ularning xech qanday ahamiyati yo'q. Men Nyu-York, Yangi Zelandiya, Kanada, Rossiya va boshqa joylarda jang qilganman. Eng muhimi ringdagi voqealar", - deydi Takama.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Takam jangi 28 oktyabr kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar