23 apr 19:16
Yangiliklar
Futbol
Tantashev Elit OCHL finaliga tayinlandi
O'zbekistonlik hakamlar Elit CHempionlar Ligasi finalida ishlaydi.
25 aprel kuni Elit CHempionlar Ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” hamda Yaponiyaning “Machida” jamoalari o'zaro to'qnash keladi.
Mazkur o'yinni o'zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam, Andrey Capenko yordamchi hakam sifatida ishlaydi. SHuningdek, Firdavs Norsafarov AVAR sifatida faoliyat olib boradi.

Havola :
Fikrlar