08 iyu 13:57
Yangiliklar

Tashkent W15 turnirida finalchilar aniqlandi
O'zbekistonning birinchi va ikkinchi raketkalari Vlada Yakshibarova hamda Nigina Abduraimova 1/8 finaldayoq raqibalariga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini ancha oldin yakunlashgandi.
WTA reytingida 1402-pog'onadan joy olgan hamyurtimiz Darya SHubina final ostonasida shov-shuvli yurishini to'xtatdi. Tennischimiz 1/4 finalda turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan dunyoning 624-raketkasi, koreyalik Bouyong Jeyongga hech qanday imkoniyatni qoldirmagandi - 6/1, 6/1.
Afsuski, SHubina 1/2 finalda rossiyalik Varvara Panshinaga 1/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Panshina ayni paytda WTA reytingining 780-pog'onasidag joy olgan. Ikkinchi yarim finalda Abduraimovani musobaqadan chiqarib yuborgan hindistonlik Vayshnavi Adkar turnirning birinchi raketkasi, rossiyalik Kseniya Laskutovadan 7/6(5), 6/3 hisobida ustun keldi.
Fikrlar