So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

29 mar 14:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz! Aliga qadar eng kuchli bo'lgan, yiliga o'rtacha 20 ta jang o'tkazgan, bir yilda 45 jang o'tkazib barchasida g'alaba qozongan bokschi haqida

Garri Greb - boks tarixidagi eng kuchli charm qo'lqop ustalardan biri hisoblanadi va bunday deyishimizga u tomondan qayd etilgan natijalar etarlicha asos bo'ladi.

U 1919 yilda XX asr vabosi "ispan" virusi tarqalgan vaqtda, yil davomida 45 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Umuman olganda, Greb 13 yillik faoliyati davomida 298 ta bahsda ishtirok etgan, bu degani yiliga o'rtacha 23 jangda Garri ringga ko'tarilgan. Aynan amerikalik bokschi Muhammad Aliga qadar boks tarixidagi eng kuchli bokschi hisoblangan.

Garri 1913 yilda qurilishda ishlab haftasiga 12 dollar topgan, bir necha yil o'tib esa — 650 dollar.

Bokschining hayoti juda qiziq. U ringda ulkan natijalarga erishgan bo'lishiga qaramay, uning hayoti haqida deyarli malumotlar yo'q. Greb 1894 yilda Pittsburgda nemis migrantlari oilasida dunyoga kelgan. U faoliyatining ilk davrlarida qurilishda ishlab, haftasida 12 dollar olgan. O'n sakkiz yoshga kirganida esa yiliga 33 ming dollar ishlab topishga erishgan. Garri havaskor boksda ishtirok etmagan va to'g'ridan-to'g'ri professional bokschi bo'lib etishgan. XX asr boshlarida boks umuman boshqacha bo'lgan va shu sababdan Gabriga qarshi kim jang qilishni istasa, o'sha ringga chiqavergan. U pancher hisoblanmagan, lekin qo'l tezligi evaziga raqiblarini doim qiyin holatga solishni uddalagan. SHuningdek, hozirgi vaqtda taqiqlangan usul - tirsak zarbasidan ham unumli foydalangan.

«Ispan» virusi tarqalgan vaqtda u har hafta jang o'tkazgan, bunday bokschi hozir dunyoda yo'q!

Birinchi jahon urushi yakunlanganidan so'ng insoniyat boshiga yana bir ofat - «Ispan» virusi kelib tushdi. 18 oy ichida kasallanganlar soni 550 millionga etdi, bu o'sha davr aholisining 30 foizi degani edi. Virusdan 50-100 million odam o'lgani taxmin qilingan. Bu davr oralig'ida Greb jami 45 ta jangda ishtirok etdi. U ishtirokidagi janglarining muddati o'rtacha bir haftani tashkil etgan, bazida esa 3 kunda ikkita raqibga qarshi ham janglarda ishtirok etgan. U ikki vaznda - o'rta va yarim og'ir vaznlardagi janglarda ringga chiqqan. Ko'pincha raqiblarining gavda tuzilishi katta bo'lgan. Lekin bu unga hech qanday muammo tug'dirmagan va raqiblarining barchasini taslim etishni uddalagan.


Uning yulduzli onlari 1922 yilning 23 may kuniga to'g'ri keladi. Aynan o'sha kuni Greb “Madison Square Garden”da Jin Tanni mag'lub etib, Amerika chempionlik kamariga ega bo'ladi. Bu jang The Ring talqini bo'yicha «Yil jangi» sovrinini qo'lga kiritadi.

Jinning bu mag'lubiyati faoliyatidagi dastlabki va oxirgisi bo'ladi. SHundan so'ng yana uch bor o'zaro ringda to'qnash kelishadi.

Boks afsonasi faoliyatidagi so'nggi jangini 1926 yilning avgustida o'tkazadi va ochkolar hisobiga ko'ra Tayger Glauresga imkoniyatni boy berib qo'yadi. Jangda olingan jarohat Garrining shifokorlarga murojaat qilishiga majbur etadi. Uning juda qisqa vaqt oralig'ida jang qilishlari salbiy tasir ko'rsatadi va 1926 yilning 22 oktyabrida, 32 yoshida Garri Greb bu yorug' olamni tark etdi.

U 1990 yilda birinchilardan bo'lib Xalqaro shon-sharaf zaliga kiritilgan.

2006 yilda Xalqaro boks tadqiqot tashkiloti Grebni barcha davrlarning eng yaxshi ikkinchi bokschi deb elon qildi.

Umuman olganda, Greb faoliyati davomida 298 ta jangda ishtirok etib, 261 tasida g'alaba qozongan, 17 ta jangda mag'lub bo'lgan bo'lsa, yana 20 ta jangda durang qayd etilgan.

Nig'monxo'ja NOZIMOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
29 mar 21:00:00
Sinchiklab kuzatuvchi
162+17+20=298 u paytlarda, matimatika xam boshqacha ekana!!!!!
   
29 mar 19:28:09
Ayub
Ниғмонхўжа тўғри кўчирмайсизми укам! В 2006-м Международная организация исследования бокса отдала Гребу второе место в списке лучших боксеров всех времен. А еще Греба называл любимым боксер сам Эрнест Хемингуэй, для которого бокс был главной страстью в жизни. А Хэм точно не стал бы восхищаться посредственным бойцом: у Греба 298 боев, 261 победа, 17 поражений, 19 ничьих и еще один бой признан несостоявшимся.
   
29 mar 17:38:56
Sarvar Boltaboyev
Ruslan Chagaevga o'xshab ketar ekanmi?
   
29 mar 17:32:17
Shovkat
Xozrgi chempionlayam xich bomaganda yiliga 5ta jang otkazsa zerkmasdik kutib
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing