27 iyu 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri 50 kg vazn tashlamoqchi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri semirib ketganini tan oldi.
"Hozir butun hayotim davomidagi eng og'ir vaznimdaman. Juda semizman. Manchesterda ko'p pirog va karri emoqdaman. Lekin, ikki yillik tanaffusdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytdim. Beshinchi kun shug'ullanyapman. Ertami-kechmi, vaznimni tushiraman. Bor yo'g'i 50 kg yo'qotishim kerak.
Sentyabr-oktyabr oylarida qaytmoqchiman. Vazn yo'qotish uchun ikkita mashg'ulot jangini o'tkazaman. Keyin esa Joshuaga qarshi jang bo'ladi. Barcha buni qiyin ish deb hisoblamoqda. Lekin, men bodibilderchilarni mag'lub eta olmasam, yomon bokschi ekanman", - deydi Fyuri.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar