03 may 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Joshua bilan Timbuktuda ham jang qilishga tayyorman!
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri qolgan uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua bilan Afrikada jang qilishga ham tayyor.
Britaniyalik jahon chempioni yaxshi taklif qilingan pul uchun Afrika qitasining Mali davlati Niger daryosi bo'yidagi Timbuktu shahrida bo'lsa ham jang o'tkazmoqchi.
Joshua va Fyuri o'rtasidagi ushbu bahs birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomida bo'ladi.
"Joshua bilan jang? Yaxshi pul taklif qilishsa, Timbuktuda bo'lsa ham ringga chiqishga tayyorman. CHemodanim har doim tayyor turadi. Istalgan joyga ketaveraman", - dedi Fyuri ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, Amerika matbuotida ushbu jangning Saudiya Arabistonida o'tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Fikrlar