15 avg 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Kelasi safar Uaylderni aniq nokautga uchrataman
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ESPN telekanalining “First Take” ko'rsatuviga intervyu berdi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik Fyuri 14 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Otto Vallinga qarshi ringga ko'tariladi.
“Uaylderga qarshi o'tkazgan jangda xatolarga yo'l qo'ydim. Buni o'zim juda yaxshi bilaman. Bu xatolarni endi takrorlamayman. O'sha jangda raqibim meni ikkita raundda mag'lub eta oldi, xolos. Deonteyga qarshi ikkinchi jangda men uni aniq nokautga uchrataman. Bu jang kelasi yilning birinchi choragida bo'lib o'tadi”, - dedi Fyuri.
Havola :
Fikrlar