16 dek 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri murabbiyiga “katta ko'cha”ni ko'rsatdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri murabbiyi Ben Devison bilan hamkorlikni to'xtatdi.
Bu haqda BoxingScene xabar bermoqda. Malumotda keltirilishicha, britaniyalik bokschi WVS chempioni Deontey Uaylderga qarshi yangi murabbiy qo'l ostida tayyorgarlik ko'radi.
Ayni paytda Fyurining murabbiyi bo'lishga amerikalik Freddi Rouch asosiy davogar bo'lib turibdi. Rouch o'z vaqtida Amir Xan, Vladimir Klichko, Menni Pakyao singari jahon chempionlari bilan ishlagan. Uaylder - Fyuri revansh jangi esa 22 fevral kuni AQSHda bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar