01 noy 06:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri o'zidan 57 kg og'ir Stroumenga qarshi restlingda debyut qildi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida restling bo'yicha WWE Crown Jewell turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan, sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri hamda mashhur restler Braun Stroumen o'zaro to'qnash keldi.
Qirol Fahd nomidagi Xalqaro stadionda o'tkazilgan WWE Crown Jewel turnirining ushbu markaziy jangida Fyuri o'zidan 57 kg og'irroq bo'lgan restlerni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Vaziyatlarning birida Tayson raqibining bosh qismiga kuchli zarba berdi. Ringdan qulab tushgan Braun 10 soniyada o'rnidan tura olmadi. Bu esa Fyurining g'alabasi edi!
Havola :
Fikrlar